Sevgi haqida eng sara sherlar

Jonim sevgilim

Eshitsam ovozing har dam nar nafasSehrli so‘zingdan olsaydim doim darsSendan o‘zga muhabbat kerakmas basBahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Yor deb atab vaslinga zor qoldimBu dunyo ishlaridan endi man toldimSensiz bu dunyoda yolg‘izlanib qolgumBahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

So‘zlamaysan so‘zlaringa zor man har damSeni kutib yo‘llaringda bo‘ldi ko‘zim namQalbingda bo‘lmasin hech ham g‘amBahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Har bir tongu tunimda bo‘ladi g‘ashlikSevgidan voz kechgan bo‘ladi pastlikMen uchun azobdir oldinda bo‘la olmaslikBahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Qanotlarim bo‘lsaydi uchardim qanot yozibOldingda bo‘lardim doim sherlar yozibShunda bo‘lmasding hayotdan bezibBahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Bir kun keladi yoningda bo‘lamanMajnun misol bir oddiy bolamanSensiz bu dunyoda juda yonamanBahtimga bor bo‘lgin jonim sevgilim

Sevib bo‘lmaydi

Go‘zallar bor sevaman degan,
Kami borday ko‘nglim to‘lmaydi.
Kimga yolg‘on kimga chin sevgi,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.

Ohu misol ko‘zlardan kechib,
Qalbga yaqin so‘zlardan kechib,
Armon bo‘lgan sevgidan qochib,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.

Boshing toshga urib ko‘r mayli,
Harakating foyda bermaydi.
Hayolingda o‘sha bir layli,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.

O‘zing kulib yurganing bilan,
Qalbing aslo yayrab kulmaydi.
Yurak urib turgani bilan,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.

Garchi sevsang o‘yla o‘zingni,
Ilk sevgida vafo bo‘lmaydi.
Unutmagin Qodir so‘zini,
Ikki martta sevib bo‘lmaydi.

Sevib qoldim

Yurak urar juda tezAhvolimni do‘stim sez.Hayollar osmonni kezSevib qoldim bilmasdan.

Havas qildimmi bilmamQalbim cheksada sitam.Xatto og‘ir xotiramSevib qoldim bilmasdan.

Yoqadida yuz,ko‘ziYana samimiy so‘zi.Qoshin qoqqanda o‘ziSevib qoldim bilmasdan.

Kulgulari zilolimU mening beg‘uborim.Eshitgin dilozorimSevib qoldim bilmasdan.

Qalbim tanlab berganimJonim,yorim deganim.Bilarmisan sevganimSevib qoldim bilmasdan.

Tunlari uxlolmaymanFaqat seni o‘ylayman.Sevib qolmay o‘lay manKo‘ngil qo‘ydim bilmasdan.

So‘zlar ketdi chalkashibHayol ketdi adashib.Do‘stim bilan dardlashibSevib qoldim bilmasdan.

Tunlar ketdi halovatYeyolmay qoldim ovqat.Tugab bormoqda toqatSevib qoldim bilmasdan.

Berkitaman onamdanYana amma, xolamdan.Qo‘rqib ketmang nolamdanKo‘ngil berdim bilmasdan.

Boshqacha tuyg‘u ekanBilgani qayg‘u ekan.Sanchsa ham qalbga tikanSevib qoldim bilmasdan.

Endi nima qilamanGoh devona yuraman.Boshga tushdi,ko‘ramanSevib qoldim bilmasdan.

Sevgim

Baxtimdan masrurman
Shodman begumon.
Sevganim yonimda
Yo‘q qalbda armon.

Farhod Shirinlardek
Yashaymiz yonib.
Layli Majnunlardek
Ishqdan quvonib.

Sevaman samodek
Cheksizdir mehrim.
Sevaman ummondek
Toshqindir ko‘nglim.

Sayr etib ishq bog‘in
Sog‘inib har kun.
Vasliga mushtoqdir
Tunlarim uzun.

Shodlik sohilidan
Topgan gavharim.
Umrim ham sen uchun
Sen uchun borim.

Sevaman samodek
Cheksizdir mehrim.
Sevaman ummondek
Toshqindir ko‘nglim.

Qo‘limdan tut mahkam
Qo‘yib yuborma.
Qalbingda asragin
Hech kimga berma.

Hayotdan topganim
Go‘zal ko‘zlaring.
Hech kimda uchramas
Sening so‘zlaring!

Картинки «Севги» — в переводе с узбекского «любовь»

Севги в переводе с узбекского языка означает «любовь». Это чувство, свойственное только лишь человеку. Означает глубокую привязанность и устремлённость к другому человеку или объекту. Выражает чувство глубокой симпатии.

Любовь на мотоцикле.

Девушка и парень под красным пледом.

Поцелуй в облаках.

Влюбленные.

Черно-белое фото влюбленных.

Просто сердечки.

Сердце на прищепке.

Сердце на фоне заката.

Девушка и парень смотрят на поля.

Парень встал перед девушкой на одно колено.

Девушка с парнем любуются на город.

Два сердца в руках.

Сердца под черным зонтом.

Девушка и парень идут по мосту, взявшись за руки.

Девушка и парень смотрят на реку.

Красное сердце на деревянном мосту.

Влюбленные на фоне Эйфелевой башни.

Девушка ждет своего любимого.

Влюбленные на скамейке.

Sevdim degan so‘zingni

Sevdim degan so‘zingni asra,
Meni kutgan ko‘zingni asra,
Seni topgum, yoningga borgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.

Asra, dilda muxabbatingni,
Asra menga ko‘ngil xatingni,
Menga atab hamma gapingni,
Men uchun ham o‘zingni asra.

Ko‘ksingdan otilsa ming faryod,
Seni ko‘p yig‘latsa bu hayot,
Sabr qil, topmasang bir najot,
Men uchun ham o‘zingni asra.

Sinab bir bor va‘dalar kuchin,
Dildan olmay xatolar o‘chin,
O‘rtada sof sevgimiz uchun,
Men uchun ham o‘zingni asra.

Uzun yillar kitobin yopgum,
Bir kun yig‘lab izlaring o‘pgum,
Bir kun seni baribir topgum,
Men uchun ham o‘zingni asra.

Yurakka in qurmayin qayg‘u,
Hayotingga solmagin og‘u,
Sendan bitta iltimosim shu,
Men uchun ham o‘zingni asra.

To‘ldir jonim, qalbingni nurdan,
Go‘zal bo‘lsin tunlaring kundan,
Sevsang agar Ahadni chindan,
Men uchun ham o‘zingni asra.

Men uchun ham o`zingni asra

Sevdim degan so`zingni asra,Meni kutgan ko`zingni asra,Seni topgum, yoningga borgum,Men uchun ham o`zingni asra.

Asra, dilda muxabbatingni,Asra menga ko`ngil xatingni,Menga atab hamma gapingni,Men uchun ham o`zingni asra.

Ko`ksingdan otilsa ming faryod,Seni ko`p yig`latsa bu hayot,Sabr qil, topmasang bir najot,Men uchun ham o`zingni asra.

Sinab bir bor va`dalar kuchin,Dildan olmay xatolar o`chin,O`rtada sof sevgimiz uchun,Men uchun ham o`zingni asra.

Uzun yillar kitobin yopgum,Bir kun yig`lab izlaring o`pgum,Bir kun seni baribir topgum,Men uchun ham o`zingni asra.

Yurakka in qurmayin qayg`u,Hayotingga solmagin og`u,Sendan bitta iltimosim shu,Men uchun ham o`zingni asra.

To`ldir jonim, qalbingni nurdan,Go`zal bo`lsin tunlaring kundan,Sevsang agar Ahadni chindan,Men uchun ham o`zingni asra.

Ahad Qayum

Sensizlikka o‘rganib qoldim

Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim,
Ungacha ayriliq o‘tida yondim.
Hammadan, hattoki o‘zimdan toldim,
Endi sensizlikka o‘rganib qoldim.

Lek hamon yolg‘izman yo‘qsan yonimda,
Misli bir azobsan yarim jonimda.
Endi iloji yo‘q qaytish yoninga,
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim.

Endi faqat va‘dalaring qiynar meni,
Sog‘inaman har erta tong o‘ylab seni.
Tashlab ketding, o‘ylamading jonim meni,
Yolg‘izginam, sensizlikka o‘rganib qoldim.

Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,
Sendan boshqa go‘zallarni hech ko‘rmasdim.
O‘zga bilan ketishingni men bilmasdim,
Sen yo‘q mana sensizlikka o‘rganib qoldim.

Jonim, seni baxtga to‘lib sevgandim,
Allox guvox chin dilimdan sevgandim.
Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,
Endi kechdir, sensizlikka o‘rganib qoldim.

Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,
Ko‘rolmasdan sog‘inaman seni yomon.
Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,
Sen yo‘q sensizlikka o‘rganib qoldim.

Yurak ham yolg‘izlikka ko‘na boshladi,
Menga aytgan so‘zlaring ko‘nglim g‘ashladi.
Mendan ketmoqlikni ko‘ngling hushladi,
Mayli ketgin, sensizlikka o‘ganib qoldim.

Sensizlikka o’ganib qoldim

Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim,Ungacha ayriliq o’tida yondim.Hammadan, hattoki o’zimdan toldim,Endi sensizlikka o’rganib qoldim.

Lek hamon yolg’izman yo’qsan yonimda,Misli bir azobsan yarim jonimda.Endi iloji yo’q qaytish yoninga,Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.

Endi faqat va’dalaring qiynar meni,Sog’inaman har erta tong o’ylab seni.Tashlab ketding, o’ylamading jonim meni,Yolg’izginam, sensizlikka o’rganib qoldim.

Seni jonim, dunyolarga alishmasdim,Sendan boshqa go’zallarni hech ko’rmasdim.O’zga bilan ketishingni men bilmasdim,Sen yo’q mana sensizlikka o’rganib qoldim.

Jonim, seni baxtga to’lib sevgandim,Allox guvox chin dilimdan sevgandim.Sevgimizni qadriga yetasan deb bilgandim,Endi kechdir, sensizlikka o’rganib qoldim.

Mana bugun ajraldik biz ikki tomon,Ko’rolmasdan sog’inaman seni yomon.Endi senga qaytolmayman sevsamda hamon,Sen yo’q sensizlikka o’rganib qoldim.

Yurak ham yolg’izlikka ko’na boshladi,Menga aytgan so’zlaring ko’nglim g’ashladi.Mendan ketmoqlikni ko’ngling hushladi,Mayli ketgin, sensizlikka o’ganib qoldim.

So‘zsiz sevgi

Muxabbating bo‘g‘zim ko‘ydirguvchi cho‘g‘,
Bir seni o‘ylasam olam bo‘lar yo‘q,
Ishqing yuragimga sanchib singan o‘q,
Men seni sevaman demay sevaman.

Suygan bandasiga ishq nasib etgan,
Sevgi dostonlari ko‘p dong‘i ketgan,
Netay peshonamga shundayi bitgan,
Men seni sevaman demay sevaman.

Vujudimni o‘rtar ishq olov yoqib,
Alam tish qayraydi, eshigim qoqib,
Azoblardan qutqar bir qiyo boqib,
Men seni sevaman demay sevaman.

Sen tabassum qilsang kulganim o‘sha,
Chegarasiz baxtga to‘lganim o‘sha,
Agar ko‘ngling qolsa o‘lganim o‘sha,
Men seni sevaman demay sevaman.

Sen bilan go‘zaldir daqiqa, onim,
Boqishi umrimga ko‘rk bergan jonim,
Sevaman demoqqa yo‘qdir zabonim,
Men seni sevaman demay sevaman.

Sevikligim

Alamlardan senga yasay guldasta Gul ham yashar ekan senga havasda Senga oshiqman men yuragi hasta Sevikligim ishq o’tida kuydirasiz Nozlar qilib armonlarga ko’mdirasiz

Vaslingizda ming bor yig’lab kulganlarim bor Siz sabab bu dunyolardan to’yganlarim bor Ko’z yoshimdan mana bugun to’ldi anhor Ey jonginam sevgimni siz bilmadingiz Otash misol yonganimni sezmadingiz

Siz uchun ne go’zallarni tashlab keldim Yoshlanmagan ko’zlarimni yoshlab keldim Ishqingizga majnun misol oshiq bo’ldim Mehribonim ishq o’tida yondirasiz Yuragimning sahrosida qoldirasiz

Allohimdan baxt so’rayman ikkimizga Tillolardan taxt so’rayman ikkimizga Ko’z tegmasin shunday shirin sevgimizga Shirin orzu qilishda siz davom eting Yomon hayol savollarni quvib o’ting.

Любовные открытки

Открытки о любви со смыслом

Сердце

Пара

Сердца

День Святого Валентина (Valentine’s Day)

Надпись

Слова

Руки

Романтика

Фон

Праздники

Арт

Рисунок

Силуэты

Рисунки

Закат

Красный

Нежность

Поцелуй

  • любовь
  • закат
  • солнце
  • сердце
  • руки
  • любовь
  • фризлайт
  • слова
  • свет
  • длинная выдержка
  • фон
  • сердца
  • любовь
  • черные
  • любовь
  • руки
  • силуэты
  • закат
  • размытость
  • любовь
  • пара
  • силуэты
  • поцелуй
  • закат
  • любовь
  • круги
  • бабочки
  • сердце
  • разноцветный
  • сердца
  • любовь
  • праздники
  • день святого валентина (valentine’s day)
  • сердца
  • любовь
  • вода
  • день святого валентина (valentine’s day)
  • огонь
  • праздники
  • фон
  • любовь
  • светлый
  • сердце
  • лампа
  • любовь
  • руки
  • закат
  • сердце
  • космос
  • любовь
  • пара
  • арт
  • звездное небо
  • объятия
  • любовь
  • пара
  • арт
  • поцелуй
  • губы
  • пара
  • любовь
  • силуэты
  • вектор
  • звездное небо
  • планета
  • пара
  • любовь
  • силуэты
  • темный
  • пальмы
  • романтика
  • объятия
  • любовь
  • пара
  • луна
  • силуэты
  • любовь
  • пара
  • объятия
  • берег
  • закат
  • любовь
  • сердца
  • красный
  • текстура
  • любовь
  • сердца
  • ромашки
  • цветы
  • растения
  • день святого валентина (valentine’s day)

Открытки для девушек и парней

Что хотят девушки? Вопрос, над которым задумываются многие мужчины

Все просто! Любая женщина ценит внимание и заботу о ней. Но напоминать о том, что она для вас много значит, лучше всего помогут чудесные картинки со стихами. Они пробуждают воображение и рисуют идеальную историю вашей любви

Они пробуждают воображение и рисуют идеальную историю вашей любви.

Armon bo‘laman

Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun.
Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun.
Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun.
Hozircha yodingda yomon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.

Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni.
Tosh diling sezmadi hasta dilimni.
Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni.
Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.

G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim.
Sen uchun hokisor, g‘arib bo‘lgandim.
Qadrim yerga o‘zim ko‘mib qo‘ygandim.
Bilmading. Endi qadri osmon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.

Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab ketganda.
Bevafo ko‘zlaring yoshlab ketganda.
Kimdir yurib-yurib tashlab ketganda.
Qalbingga qadalgan paykon bo‘laman.
Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman.

Sizni sevaman

Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Oy botadi — yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy —
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman

Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.

U menga yoqardi boshqacha

SO’ZLARI BAG’RIMNI TILSA HAM FE’L- ATVORI OG’IR BO’LSA HAM KIM NIMA DESA HAM KULSA HAM U MENGA YOQARDI BOSHQACHA… YODIMDA ILK BORA KO’RGANIM. QADRDON XONAGA KIRGANIM HAYAJONLA SUHBAT QURGANIM U MENGA YOQARDI BOSHQACHA… TAN OLOLMASLIGIN BILSA HAM GOHIDA BAGRITOSH BO’LSA HAM KO’ZLARIM YOSHLARGA TO’LSA HAM U MENGA YOQARDI BOSHQACHA… MING YILDA BIR XABAR OLMASDAN QAYSAR… BIR GAPIDAN QOLMASDAN KET DEDI BIR NAZAR SOLMASDAN BARIBIR YOQARDI BOSHQACHA… BILAMAN QOLMADI ORTGA YO’L CHIDOLMAY KOZLARIM BO’LAR HO’L U KELSA KETARDIM SILTAB QOL ( HAMMA HAMMASIGA SILTAB QO’L) U MENGA YOQARDI BOSHQACHA… QOLMADIMI BU KUN ORTGA YO’L. QAYERGA BOSHLAR BU O’NGU SO’L ESLASAM SHIRIN XOTIRA MO’L U MENGA OQARDI BOSHQACHA… U HAQDA SO’ZLAMAY QIYNAMANG MENI U HAQDA SO’RAB HAM QIYNAMANG MENI BILIB TURIB YANA QIYNAMANG MENI U MENGA YOQARDI BOSHQACHA… MEN KIMMAN EH UNING OLDIDA GOH YETMAS BU QO’LIM OSHGACHA ERITIB YURAKDA TOSHGACHA U MENGA YOQARDI BOSHQACHA… BILAMAN AYBLAYSIZ, IBO YO’Q AYTING, QAY INSONDA XATO YO’Q GARCHI UNDAN BIROR SADO YO’Q U MENGA YOQARDI BOSHQACHA…. TUSHUNOLMAS EKAN INSON QALBINI YO’QOTMASDAN BILMAS EKAN QADRINI QUCHIB XOTIRALAR QABRINI….. U MENGA YOQARDI BOSHQACHA… BARIBIR YOQARDI BOSHQACHA….

Boshqacha sevdim.

Alam qilar sensizlik alam,
Naxot qiyin seni unutish.
Peshonamga yozganmi bilmam,
Ko’zlaringni sog’inib o’tish.

Senga ham hech oson demayman,
Meni o’ylab yurak bag’ring qon.
Bizlar birga emasmiz endi,
Diydoring ham bir umr armon.

Tag’dir kulib boqqanda bizga,
Seni yorim malikam derdim.
Majnunlar teng kelolmas menga,
Axir seni boshqacha sevdim.

Bir kelmaysanmi meni ko’rgani,
Yuragimga taskin berarding.
Hech bo’lmasa tushlarimga kir,
Meni juda xursad qilarding.

Men charchadim seni sog’inib,
Hazonlarga to’ldi gul qalbim.
Quchay desam yonimdamassan,
Yo’qligingga og’riydi dilim.

Tag’dir kulib boqqanda bizga,
Seni yorim malikam derdim.
Majnunlar teng kelolmas menga,
Axir seni boshqacha sevdim.

Sevaman desa

«Yorim sevaman desa»
Baxtni chindan sezardim
Bor mehrimni berardim.
Keng jahonni kezardim
Yorim sevaman desa.

O‘n sakkizga to‘lardim
Ich-ichimdan kulardim.
Hammadan ko‘p suyardim
Yorim sevaman desa.

Dasta gul olib kelib
Shamolday to‘zg‘ib yelib.
Kutardimda sevinib
Yorim sevaman desa.

Ko‘ngliga xo‘p qarardim
Axvoli ne so‘rardim.
Har ishga ulgurardim
Yorim sevaman desa.

Kechardim dunyolardan
Olisman samolardan.
O‘zardim hayollardan
Yorim sevaman desa.

Unutardim tashvishlar
Qalbimda zo‘r kechmishlar.
Ortda qolar mish-mishlar
Yorim sevaman desa.

Bo‘lardim vafoli yor
Ko‘rsatib go‘zal diydor.
Bermasdim zarra ozor
Yorim sevaman desa!

Sevgim eslaysanmi hech

Tunlar uxlay olmay o‘ylayman seni,
Kunduz uchratolmay o‘ylayman seni.
Barcha she‘rlarimda so‘ylayman seni
Senchi, sevgim, eslaysanmi hech!

Hayol og‘ushi tinch qo‘ymaydi inim
Chaqirsa eshitmay qolaman singlim.
Seni unutolmay bezovta ko‘nglim
Senchi, sevgim, izlaysanmi hech!

Balki bu hayotning menga sinovi
Balki xatodir — bu qilgan tanlovim.
Kimlardir buning chun sochar olovin
Senchi, sevgim, yonganmisan hech!

Sevdimu sevilmay, bo‘ldim ovora
Masofamiz uzoqlashib borar tobora
Seni unutolmay yurak ming pora
Senchi, sevgim, suyganmisan hech!

Nega? Aytgin sen mendan yiroq
Nechun meni qiynaydi firoq.
Sevamanu, bilmayman biroq
Senchi, sevgim, sevganmisan hech!

Bo‘ldi! Bu mening qat‘iy qarorim
Jim chidab yurishdan bitdi madorim
Senikidir bilgin borlig‘im, borim
Senku, sevgim, bo‘lajak yorim!!!

Muxabbat yondirdi

Muxabbat yondirdi shoir qildi ishq!
Ulgurdim to‘rt qator misra, yozishga.
Gumonlar salvollar, qo‘ymas meni tinch!
Ayting xaqqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?

Mayus nigoximda ajib tasavvur,
Sevgim aytolmasman yo‘l qo‘ymas g‘urur!
Yashaganim yolg‘iz sababi sendur,
O‘rgandim rost yig‘lab yolg‘on kulishga!
Aytgin xaqqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?

Kunlar o‘tib borar, oylar birma bir,
Angladim yaralganman, faqat kutishga!
Naxot seni ravo ko‘rmas menga bu taqdir?
Ko‘zlarim mushtoqdir seni ko‘rishga,
Aytgin xaqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?

Ertakga ishonib xayollar surdim,
Bir muddat qush bulib dunyoni kezdim,
musaffo osmonim shamolin kestim,
Men o‘zimdan qochdim o‘zimdan bezdim!
Xech narsa arzimas dilni ezishga,
Aytgin xaqqim yo‘qmi baxtli bo‘lishga?

Bu dunyo tuzillgan bo‘lib, biri kam!
Men ketsam yo‘qligim bilinmas xecham,
Senga baxt tilayman go‘zalim erkam,
Kelganlar majburdur yana ketishga!
Faqat sen xaqlisan baxtli bo‘lishga.

Izlamayman boshqadan, senda ul nigox!
Niyatim seni baxtli ko‘rish, guvoxim Olloh.
Mayli birga bo‘lmaylik topgansan xamrox.
Bu tilim ojizdir bir so‘z deyishga,
Faqat sen xaqlisan baxtli bo‘lishga.

Senku, sevgim, bo’lajak yorim!!!

Tunlar uxlay olmay o’ylayman seni,Kunduz uchratolmay o’ylayman seni.Barcha she’rlarimda so’ylayman seniSenchi, sevgim, eslaysanmi hech!

Hayol og’ushi tinch qo’ymaydi inimChaqirsa eshitmay qolaman singlim.Seni unutolmay bezovta ko’nglimSenchi, sevgim, izlaysanmi hech!

Balki bu hayotning menga sinoviBalki xatodir — bu qilgan tanlovim.Kimlardir buning chun sochar olovinSenchi, sevgim, yonganmisan hech!

Sevdimu sevilmay, bo’ldim ovoraMasofamiz uzoqlashib borar toboraSeni unutolmay yurak ming poraSenchi, sevgim, suyganmisan hech!

Nega? Aytgin sen mendan yiroqNechun meni qiynaydi firoq.Sevamanu, bilmayman biroqSenchi, sevgim, sevganmisan hech!

Bo’ldi! Bu mening qat’iy qarorimJim chidab yurishdan bitdi madorimSenikidir bilgin borlig’im, borimSenku, sevgim, bo’lajak yorim!!!

Необычные и креативные картинки про любовь (100 открыток)

Необычные картинки о любви.

Надпись любовь из лепестков роз на песке.

Романтические обои — картинки, фото и рисунки. Девушка в лепестках роз.

Сердце на фоне моря, Счастье у моря, Море счастья океан любви.

Лебеди на закате Романтика на природе.

Обои на рабочий стол любовь и романтика.

Необычное сердце, Креативное сердце, Оригинальные сердечки.

Красивые картинки про любовь. Нежное сердце.

Пляж любовь, Море любви, Влюбленные на море.

Полное название картинки — Роза любви.

Красивые романтические сердечки.

Картинка на рабочий стол heart, любовь, abstract , Love, эффекты, colourful.

Картины о любви Дэвид Реншоу.

Обои для рабочего стола любовь, сердце, сердечки, love, heart.

Луга Любовь Деревья Сердце Мальчики Девочки Природа фото 2560×1694 девочка.

Инсталляция романтических изображений.

Сердечки картинки красивые.

Доброй ночи картинки красивые необычные.

Романтические сердечки, Сердечки для влюбленных.

Стеклянное сердце, Красивые картинки.

Любовь на расстоянии, она существует.

Интересные картинки про любовь.

Дэвид Реншоу художник картины.

Зонт для влюбленных, Необычная любовь, Осенние влюбленные.

Открытка дерево с сердечками, Валентинка дерево с сердечками.

Yurakdan sevgandim

Yana o‘sha alam, o‘sha iztirob,
Hijron qo‘llarida bo‘ldim-ku xorob,
Dardga shifo bermas hattoki sharob,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Siz uchun egildi tik turgan boshim,
Endi qaro tunlar mening sirdoshim,
Daryodek oqadi ko‘zdagi yoshim,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Orzular, adalar uchdi havoga,
Nahot mendek oshiq sig‘mas dunyoga,
Nolalar yetmas-mu qodir xudoga,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Taqdir sinolari ayirdi bizni,
O‘zga yor qo‘liga tutqazdi sizni,
Yurakdan sevgandim bir o‘zingizni,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Besh kunlik dunyodir hammasi yolg‘on,
Bizgacha bu olam kimlardan qolgan,
Siz urur yurakka azoblar solgan,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Baxtingiz tilashdan yo‘q o‘zga choram,
Barcha qizlar ichra tanho, yagonom,
Alvido, alvido mangu durdonam,
Yig‘larman, yig‘larman, yana yig‘larman.

Endi senga..

Tiling zaxar sochiblar qoldi,
Dilingga g’am o’tlar soldimmi?
Nima bo’ldi saloming ham yo’q,
Endi senga yoqmay qoldimmi?

Qani o’sha ma’noli yuzlar,
Sog‘inch to’la intizor ko’zlar,
Erkalamay qo‘yding ey dilbar,
Endi senga yoqmay qoldimmi?

Ne gunohim yuzlarimga ayt,
Kech bo‘lmasdan bu yo‘lingdan qayt,
Yurak azob chekmoqda shu payt,
Endi senga yoqmay qoldimmi?

Senga olgan gullarim uvol,
Yerga otding oson bemalol,
Yuragimni qiynar bir savol,
Endi senga yoqmay qoldimmi?

Qiynama bas ezib yuragim,
Dardingni ayt shudir tilagim,
Qani so’zla go’zal malagim,
Dilingga g’am o’tlar soldimmi?
Endi senga yoqmay qoldimmi?

sevgi sherlar.

Sevgi qismati

Bolalik yillarim o‘tdi qanday sho‘x.
Begubor chexralar pokiza qalblar.
Eslasam qalbimni o‘rtaydi armon.
Qiynaydi yurakni otashin dardlar.

Malikayu shoxlar chiroylik ertak.
Bobomning so‘zlari ko‘chmagan tildan.
Jajji yurakka oyilgan bu isim.
Yillar o‘tsa hamki o‘chmagan dildan.

Sochlaring tortardim o‘ynab qo‘llarin.
Yoqardi u menga o‘yinchoqlardan.
Ko‘zlari tim qora kulib qo‘yardi.
Nigohi avzaldek ovunchoqlardan.

Bog‘chayu so‘ng maktab keldi kollej ham.
O‘rganib qolibmiz bir birimizga.
Do‘stlikdan boshlandi bizning sevgimiz.
Bor umidla boqardik baxtimizga.

Quvonchlar so‘ngi ham kelib qarshimga.
Ayirdi bizlarni solib kulfatga.
Go‘zalim yuragi hasta dedilar.
Bir onda mozorsiz ko‘mib g‘aflatga.

Qo‘limdan kelmaydi hech bir chora ham.
Ollohdan so‘rayman umirlar tilab.
Yolg‘ondan so‘zlayman bu menga og‘ir.
Qo‘yaman gohida gulimni siylab.

Gulimni yo‘qotdim dunyoda biroq.
Yashaydi qalbimda hamisha baxor.
Sevganim o‘zingsan shunday qolasan.
Birgamiz ayrildik dema aslo yor.

Yo‘qotgim kelmas

Xayolda yuzlaring suratin chizdim,
Ishqning bog‘larini sen bilan kezdim.
O‘shanda muhabbat neligin bildim,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.

Ko‘zlaring ko‘zimga tushganda nogox,
Sen meni bir sirdan etarding ogox.
Sensiz yasholmayman so‘zimga ishon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.

Seni deb yashayman ikki dunyoda,
Faqat sen yashaysan mitti yurakda.
Baxtimga doimo bo‘lgin sen omon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.

Shamshodning bog‘ida gullagan gulsan,
Durlarning ichida durdona sensan.
Bog‘bonu zargarga bermasman ishon,
Men seni yo‘qotgim kelmas hech qachon.

Sevgidan qiynoq

Saodat so‘qmog‘in izlayin uzoq,
Sen baxting yo‘lidan toymasang bo‘ldi.
Menga ko‘p ko‘rindi sevgidan qiynoq,
Sen ishqning sururin qo‘ymasang bo‘ldi.

Ko‘zingga boqqanda ko‘zlarim kulsa,
Yurak diydoringdan sevinib ursa,
Sevinching chehramdan akslanib tursa,
Meni baxtli deya o‘ylasang bo‘ldi.

Sarhadlardan qo‘rqib yashasam nima?
Faqat g‘amdan luqma oshasam nima?
Dunyoga dardimni toshasam nima?
Sen faqat quvonchdan so‘ylasang bo‘ldi.

Bahorim ortidan ergashganda kuz,
Kuzning so‘zlariga berkinsa afsus,
Sevgim yuragimga qilsa tajovuz,
Sen meni do‘stlik deb siylasang bo‘ldi.

Bulutlar ortiga berkinsa oftob,
Bugun salqin deya o‘ylasang bo‘ldi.
Yuzimga do‘stlikdan ilingan niqob,
Ashaddiy yurakni ko‘rmasang bo‘ldi.

Sevgisiga yetolmaganlar.

Bu dunyoda sevgisiga barcha birdek yetolmas Boshingizni toshga urib sevgingizni ayblamang. Balki u ham sizni eslab yurak bagrin nimtalar, Aybingizni yashirib siz sevgingizni ayblamang.

Qiz aytadi yigit aybdor, yigitga esa aksi, Peshonada yozilgan bor sevgingizni ayblamang. Yillar otib baxtsiz bolsang,baxtsiz korsangiz uni, Kimni aybdor bilsangiz ham sevgingizni ayblamang.

Taqdiringiz ayro tushdi chidang endi hayot shu, Baxtin tilang sevgingizni baxtsiz bolsa azob shu. Hayotiyizda ne tashvishlar korsangizda do`stlarim, Hayotda-ku, Hayolda ham sevgingizni ayblamang.sevgi sherlar

Sevgilim baxtli qilmadim

Olddan oqqan suvni yo‘q ekan, qadri,
Bir yahshi go‘zalning qadrin bilmadim.
U go‘zal shunchalik meni sevardi,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.

Shunday sodda edi, shunchalar sodda,
Xali aldanmagan edi, xayotda,
Vijdonim qiynalar endi azobda,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.

Juda go‘zal edi, juda chiroyli,
Odobli qiz edi, ibo-xayoli,
Meni tutar bir kun uning uvoli,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.

Xar kuni to‘qidim, xar hil yolg‘onlar,
Qulog‘iga ilib yurdim, lag‘monlar,
Yuragimni qiynar, endi armonlar,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.

Meni deb aylandi, u yarim dilga,
Orzulari yonib aylandi, kulga,
Bahtli bo‘lmoqchiydi, men bilan birga,
Meni sevgan qizni baxtli qilmadim.

Ko‘zlarim ko‘r ekan, quloqlarim kar,
Hushnud bu kuningdan bo‘l endi battar,
Qilganlaring bir kun o‘zinga qaytar,
Seni sevgan qizni baxtli qilmading.

Sevgini unutamiz

Ozor berib ko‘p og‘ritdik ko‘nglimizni,
Vafo nima bilmay jafolar yutamiz.
Bir kun ishq uvoli urar ikkimizni,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Ahir mensiz yashay olasan bu ayon,
Men ham sensiz yosholaman etmay bayon.
Bizlar birga bo‘la olmaymiz hech qachon,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Har kun janjal har kun achchiq so‘zlar bilan,
Ko‘nglimizni bir-biridan sovutamiz.
Bizga baxtli bo‘lmoq qismat emas ekan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Bir kun baribir sevgimiz topar barham,
Bir-birimiz tushunmasdan har kun janjal.
Bizga g‘ururimiz ustun sevgimizdan,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

O‘rtamizga qo‘yib shartlar qo‘yib qoida,
Ayb topamiz doim arzimagan joydan.
Bir-birimiz aldashdan ayt nima foyda,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Bilmaysanda pinhon yig‘lab ko‘zyosh yutdim,
Bir kun bari yaxshi bo‘lar diya kutdim.
Sabrim sindi tushun meni charchab ketdim,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutamiz.

Nuqta qo‘yaylik bariga yaxshi bo‘lar,
Balki dillar bu qarorga qarshi bo‘lar.
Bugun bas qilaylik ertaga kech bo‘lar,
Kel yaxshisi bir-birimiz unutaylik.

So‘nggi so‘zim shudir senga baxtli bo‘lgin,
Mendan ololmagan mehr baxtni ko‘rgin.
Faqat sendan bittagina o‘tinchim,
Komolani har zamonda eslab turgin.

Оцените статью
ЗА ШУТКИ
Добавить комментарий